|
Odatga ko`ra butun dunyo biznesmenlari xayriya faoliyati bilan shug`ullanishadi. O`zbekiston bundan mustasno emas. Shu vaqtda kompaniyalarimizning ijtimoiy faolligi ko`pchilik hollarda vaziyatga bog`liq xarakterga ega – unda tizimlik va rejalashtirish yo`qdir. Xayriya loyihalarining aksariyati tabiiy holatda yuzaga keladi va manzildagilar bilan teskari aloqa nazarga olinmaydi. Ko`pchilik xayriya ulashuvchilar yordam berishning eng oddiy va samarasi kam uslublarni afzal ko`rishadi – muhtojlarga katta miqdorda bo`lmagan pul mablag`larini, oziq-ovqat mahsulotlarini va hokazo tarqatish. 1992 yil O`zbekiston bola huquqlari to`g`risidagi Konvensiyani ratifikasiya qilib, undagi barcha nizomlarga amal qilish va xalqaro hamjamiyat oldida javobgarlik olib borish majburiyatlarini oldi. O`zbekiston aholisining deyarli yarmi – 11 mln. atrofida – bolalardir va bu jamiyatga katta javobgarlik yuklaydi. Respublikada yuqori davlat darajasida o`sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim berish va tarbiyalash uchun ko`p ishlar qilinmoqda. Lekin jamiyatga ham qoldirib bo`lmaydigan hal qiladigan bir qancha muammolar bor. G’.A. Rahimov O`zbekistonnning yetakchi biznesmenlari sifatida o`z tijorat faoliyatining boshidanoq Toshkentdagi bolalar uylariga beminnat moddiy yordam ko`rsatgan: ishlab topilgan mablag`ning bir qismini ulalga o`tkazgan, o`zining shaxsiy puliga dori-darmonlar, kiyim-kechaklar, maktab o`quv qurollari, oziq-ovqatlar va hokazo xarid qilgan. U aynan biznesmenlar shifohonalarni, bolalar uylarini va internatlarni moliyalashtirishda davlatga muhim ko`mak ko`rsatishga qodir ekanligiga doimo amin bo`lgan. Aynan shu «Mehrjon» Xayriya Vasiylik Kengashi tashkil etilishiga olib keldi va oxir-oqibat tashkil etilishning tashabbuskori va Vasiylik Kengashi Raisi bo`ldi. «Mehrjon» Kengashi yetti yildan ortiq jamoatchilik yo`li bilan ishlab, bolalar uylariga va internatlarga, yetim bolalarga va nogironlarga xayriya yordamini ko`rsatib kelmoqda. Shu vaqt davomida bolalar uylari va internatlar tarbiyalanuvchilari orasida 30 ta bolalar ijodiyoti marafoni va festivallari tashkillashtirildi va o`tkazildi. Ammo u erishilgan yutuqlarda to`xtamaydi. Shunday qilib, 2000 yili G’.A. Rahimov Qora dengiz bo`yidagi Rossiyaning Anapa shahrida joylashgan tashlandiq sihatgoh binosini va unga birlashgan hududni sotib oldi. Bino to`liq ta’mirdan chiqarilib, hudud obodonlashtirildi. Qayta tiklangan zamonaviy bolalar dam olish-sog`lomlashtirish maskani G’.A. Rahimovning O`zbekiston bolalar uylari tatbiyalanuvchilariga sovg`asi bo`ldi. U har yozda o`z mablag`i hisobiga bolalarni Anapaga dam olishga va davolanishga yuboradi. Yangi sihatgohdada O`zbekistondagi minglab bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, shu jumladan ekologik ofat mintaqasi – Qoraqalpog`iston bolalari ham dam olish imkoniyatiga ega bo`lishdi. G’.A. Rahimov keng miqyosdagi va puxta rejalashtirilgan yordam ko`rsatish uchun aniq yo`naltirilgan va markazlashtirilgan tizim kerakligini tushunardi. Shuning uchun uning tashabbusi bilan 2004 yining avgust oyida oyida “Mehrjon-Sport” Råspublika Õayriya Jamoat Fondi tashkil etildi. Fondning maqsadi - sport sohasidagi qobiliyatli bolalarni, birinchi navbatda ijtimoiy himoyalanmagan bolalar guruhlarini – bolalar uylarida, intårnatlarda tarbiyalanuvchi va kam ta’minlangan oilalardagi bolalarni qo`llab-quvvatlash, bolalar va o`smirlar orasida sport bilan faol shug`ullanish g`oyasini ommalashtirish. Fondning vazifalaridan biri - bolalar uylari, intårnatlar tarbiyalanuvchilari va ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarning ruhiy salomatligini tuzatish, bunda ularga ijtimoiy muhitga o`rganish va o`zini ushbu muhitga tadbiq etishda shart-sharoit yaratib bårish, boshqa bolalar bilan birga qo`shimcha ta’lim tizimida shug`ullanish imkoniyatlarini yaratib bårish. G’.A. Rahimovning tashabbusi va moliyaviy ko`magi asosida “Mehrjon-Sport” RÕJF 2004 yil 29 sentabr kuni “Baxtli bolalar” - bolalar ijodiyoti madaniy ta’lim Markazini ochdi. “Baxtli bolalar” Markazida balet studiyasi, tasviriy san’at studiyasi, bichish-tikish studiyasi, kompyuter sinfi, mohir qo`llar, musiqa sinfi, tilshunoslik sinfi, shaxmat klubi, kutubxona o`z mashg`ulotlarini olib borishmoqda. Bolalar bilan yuqori malakali murabbiylar va o`qituvchilar ishlashmoqda. Mashg`ulotlar barcha bolalar uchun bepul o`tkaziladi. Fond bolalarga professional ta`lim olish imkoniyatini ham yaratmoqda. Ta`limni o`tab bo`lganlaridan so`ng bolalarga keyinchalik ishga joylashishlari uchun ta`lim sertifikatlari beriladi. 2004 yilning 23 såntabrida G’.A. Rahimovning tashabbusiga ko`ra “Mehrjon-Sport” RÕJF Shimoliy Osåtiyaning Båslan shahriga tårrorchilik harakatidan zarar ko`rgan oilalarga va bolalarga båg`araz insonparvarlik yordamini ko`rsatdi. 29.5 tonna yuk orasida issiq bolalar kiyimi, dori-darmonlar, 10 ta “DAEWOO” va “LG” tålåvizorlari, 25 ta “DAEWOO” va “LG” vidåomagnitofonlari, 10 ta “SINO” muzlatgichlari, ko`rpa-choyshablar, 2 ta «Tåz tibbiy õizmat» avtomashinalari, 15 tonna konsårvalangan måvali djåmlar, qandolat mahsulotlari, tabiiy sharbatlar, måvalar bor edi. Ushbu yuk maxsus buyurtma qilingan samolyotga ortilib, Shimoliy Osåtiyaning hukumat komissiyasiga topshirildi.
|