Ðóññêàÿ âåðñèÿ English O`zbekcha
BOSH SAHIFA MATBUOT-XIZMATI SPORT XAYRIYA  FAOLIYATI TARJIMAI  HOL FOTOALBOM
Bosh Sahifaga

Boks bo’yicha yoshlar o’rtasida AIBA Jahon Chempionati. Boku shahri

2010 yil 22 aprel - 4 may kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boks bo’yicha yoshlar o’rtasida Jahon chempionati bo’lib o’tdi.
   Ushbu chempionat tarida birinchi bor o’tkazilayotgan Yoshlar Olimpiada O’yinlariga yanoga saralash musobaqasi bo’ldi. O`yinlar Singapurda 2010 yil avgust oyida bo’lib o’tadi. Unda sayyoraning 96 davlatdan 446 ta sportchi ishtirok etadi.
   Chempionatga AIBA Ijrochi vitse-prezidenti janob G’ofur Rahimov, shuningdek XOQ va boshqa sport tashkilotlaridan bir qator mehmonlar tashrif buyurishdi. Janob Rahimov musobaqa Ijroqo’mi raisi janob Geydarov bilan, shuningdek, boshqa a`zolar bilan uchrashib AIBA nomidan Jahon Chempionati tashkiliy ishlari uchun minnatdorchlik bildridi.
   Har bir bokschi Olimpiada litsenziyasini beruvchi yarim final bahslariga etish uchun bor kuch-g’ayratlarini namoyish etishdi. Zero, faqat sovrindorlar Yoshlar Olimpiada O’yinlarida ishtirok et oladilar.
   Nizomga binoan, Yoshlar Olimpiada O’yinlari doirasida musobaqalarda har bir ishtirokchi davlatdan ko’pi bilan 3ta bokchsi ishtirok eta oladi. Faqatgina 5 ta davlat to’liq tarkibda ishtirok etadi. Bular: Kuba, Rossiya, O’zbekiston, Ozarbayjon va Germaniya.
  O’zbekiston jamoasi 10 ta bokschidan tashkil topgan bo’lib, 69kg va 81kg vazn toifalarida 2 ta kumush, shuningdek 48kg vzan toifasida 1 ta bronza medallari bilan miqdor bo’yicha 7 chi o’rinni egallashdi. 
  Yoshlar Olimpiada O’yinlari shu yil 20-25 avgust kunlari Singapurda bo’lib o’tadi. 
  Yoshlar Olimpiada O’yinlari ochilish marosimi 14 avgust kuni bo’lib o’tadi.

2010-yil 04-may


 










<<< orqaga



Bosh Sahifaga   Ushbu saytda joylashgan ma`lumotlar sayt egasining mulki hisoblanadi va uning roziligisiz foydalanilishi mumkin emas.