 |
AIBA Ijroiy Qo`mitasining Marokashdagi favqulodda Yig`ilishi
2010 yilning 9-11 iyul kunlari Halqaro Havaskorlik Boks Assotsitsiyasi Ijroiy Qo`mitasi Marrokash shahrida 3 kunlik yig`ilishini o`tkazdi. Unda AIBA Ijrochi Vitse-prezidenti G`ofur Rahimov ham ishtirok etdi. Yig`ilish davomida qo`mita qator muhim qarorlar qabul qildi: keying AIBA Kongressi bo`lib o`tadigan joy Qozog`istonda bo`lib o`tadigan bo`ldi. Unda AIBA Prezidentligiga, vitse-prezidentlari va qo`mitaning boshqa a’zolari lavozimlariga saylovlar bo`lib o`tadi. AIBA 2010 Kongressi masalasidan tashqari yana Jahon Boks Elitasi Chempionati ham boshqa joyda bo`lib o`tadigan bo`ldi. Undan oldin musobaqa Pusan (Koreya) shahrida bo`lib o`tishi kerak edi. AIBA Ijroiy Qo`mitasi shuningdek, London 2012 o`yinlariga qit`alararo musobaqalarni sayyoramizdagi 5ta shaharlarni tanladi. Osiyodegi o`tish turniri Qozog`istonda, Evropadagisi Istanbulda, Amerikdagisi Braziliyada, Afrikadagisi Marokashda bo`lib o`tadigan bo`ldi. Okeaniyadagi Darwin shahrida (Avstraliya shimoliy hududlari) o`tkazilishi kerak bo`lgan musobaqaning mezbonlik badali masalasi muhokama etilmoqda. Xitoy boks federatsiyasi London 2012 kvalifikatsiya musobaqalariga mezbonlik huquqini allaqachon qo`lga kiritgan. Shuningdek, 2012 AIBA Ayollar Jahon Birinchiligi Qo`mita a’zolari tomonidan bir ovozdan qo`llab quvvatlandi.
AIBA ning keying jahon forumi Barbadosda bo`lib o`tadi. Unda ayollar o`rtasida boks bo`yicha jahon chempionati o`tkaziladi.
2010-yil 12-iyul
<<< orqaga
|
 |