 |
Singapurdagi O`smirlar Olimpiada O`yinlari omadli yakunlandi
12-26 avgust kunlari tarixiy birinchi bor o`tkazilgan O`smirlar Olimpiada O`yinlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Yangi ko`rinishdagi ushbu jahon musobaqasida 205 davlatdan atletlar ishtirok etishdi. Dasturdan o`z o`rnini egallagan boks musobaqasi so`nggi besh kun mobaynida muhlislarni, XOQ a’zolarini hushnud etishdi. 11 vazn toifasida 66 bokschilar Olimpiada chempioni unvoni uchun kurash olib borishdi. Final musobaqasiga XOQ Prezidenti Jak Rogge tashrif buyurdi. Kubalik sportchilar yana bir bor o`z mahoratlarini ringda namoyish etib 3ta oltin medallarini qo`lga kiritishdi. O`zbekiston jamoasi musobaqada 3ta bokschi bn qatnashdi va 1ta kumush, 2ta bronza medallari sovrindorlari bo`lishdi. AIBA rahbariyati, uning Prezidenti Ching Kvo Vu va Ijrochi vitse-prezidenti G’ofur Rahimov musobaqaning yuqori saviyada tashkil etilganini ta’kidlab o`tishdi. G’oliblarga medallarni XOQ va AIBA a’zolari topshirishdi. Musobaqa so`nggida AIBA Prezidenti nomidan barcha qatnashchilarga Olimpiada O`yinlari sertifikatlari topshirildi. Keyingi O`smirlar Olimpiada O`yinlari 2014 yili Xitoyda bo`lib o`tadi.
2010-yil 26-avgust



<<< orqaga
|
 |