Ðóññêàÿ âåðñèÿ English O`zbekcha
BOSH SAHIFA MATBUOT-XIZMATI SPORT XAYRIYA  FAOLIYATI TARJIMAI  HOL FOTOALBOM
Bosh Sahifaga

1998 yil, mart
1998 yil, mart Xalqaro Havaskor Boks Federasiyasining (AIBA) Ijroqo’mida G’.A. Rahimov Xalqaro Havaskor Boks Federasiyasining Ijroqo’m a`zosi va AIBA Biznes-Komissiyasining Raisi etib saylandi.

1999 yil, aprel
1999 yil, aprel Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) Bosh Assambleyasida G’.A. Rahimov Markaziy Osiyo Mintaqasidan Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti va OOK ning Markaziy Osiyo Mintaqasi Raisi etib saylandi.

2001 yil, fevral
2001 yil, fevral O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasining IX Hisobot-Saylov Bosh Assambleyasida G’.A. Rahimov O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi vitse-prezidenti etib saylandi.

2001 yil, noyabr
2002 yil, noyabr Xalqaro Boks Federasiyasining (AIBA) Qoxiradagi XV Kongressida Xalqaro Boks Federasiyasining (AIBA) vitse-prezidenti etib saylandi.

2003 yil, yanvar
2003 yil, yanvar 24 yanvar kuni Quvaytda Osiyo Olimpiya Kengashining Bosh Assambleyasi bo`lib o`tdi. Osiyo Olimpiya Kengashi Ijroqo’mining qaroriga asosan OOK vitse-prezidenti G’ofur Rahimov Osiyo Olimpiya Kengashining ordeni bilan taqdirlandi.

2005 yil, fevral
2005 yil, fevral O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasining XII Hisobot-Saylov Bosh Assambleyasida G’.A. Rahimov O`zbekiston MOQ vitse-prezidenti etib qayta saylandi.

2006 yil, noyabr
Santa-Domingoda (Dominikan Respublikasi) bo`lib o`tgan Xalqaro Boks Federatsiysining (AIBA) XVI Kongressida G`.A.Rahimov Xalqaro Boks Federatsiysi (AIBA) Birinchi vitse-prezidenti bo`lib saylandi.

2007 yil, fevral
Tayvanda (Xitoy Taypeyi) bo`lib o`tgan Osiyo boks federatsiysi kongressida Osiyo boks federatsiysi Prezidenti bo`lib saylandi.

Olimpiya chempiolarini etishtirish bilan cheklanmaslik kerak - muhimi ularga munosib o`rinbosar tayyorlashdir. Buning uchun esa bolalar va o`smirlar orasida sport bilan faol shug`ullanish g`oyasini ommalashtirish, ularda jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlashga bo`lgan ehtiyojini tarbiyalashda ko`maklashish, ularga sog`lom hayot tarzini eng muhim inson qadriyati ekanligini anglatish zarur.






Sport G’ofur Rahimov hayotida doimo asosiy o`rin tutgan. Sport – bu shaxsni va inson taqdirini shakllantiradigan hayot uslubi va tarzidir. O`smirlik yillari G’ofur Rahimov sport bilan jiddiy shug’ullangan, ayniqsa boksga qiziqqan. U shuningdek, tennis va futbolni yaxshi o’ynaydi. Jamiyatning to’laqonli sog’lom shakllanishida sport birinchi darajali rol o’ynashini hisobga olsak, G’.A. Rahimov buni amalda isbotlaydi. U O`zbekistonlik sportchilarni yirik xalqaro turnirlarda ishtirok etishlarida homiylik ko`rsatmoqda, olimpiya harakatini Osiyoda va butun dunyoda rivojlanishi uchun haddan tashqari ko`p ishlarni amalga oshirmoqda. 
     G’.A. Rahimov xalqaro sport harakatida ko`zga ko`ringan rolni o`ynaydi: Markaziy Osiyo Mintaqasidan Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) vitse-prezidenti, Xalqaro Boks Federasiyasining (AIBA) vitse-prezidenti, AIBA Biznes-Komissiyasi Raisi, O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi vitse-prezidenti hisoblanadi.
     Osiyo Olimpiya Kengashi Bosh Assambleyasi Ijroqo’mining 2003 yil yanvardagi qaroriga binoan OOK vitse-prezidenti G’.A. Rahimov Osiyo Olimpiya Kengashining “Olimpiya harakati rivojiga qo`shgan hissasi uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Orden topshirilishi – mashhur sport arbobining katta xizmatlarini tan olinishidir. Uning sharofati bilan O`zbekistonda qisqa vaqt ichida tennisda, boksda, kurashda, dzyudoda yuqori saviyali sportchilar yetishib chiqdi. G’.A. Rahimovning vasiyligi Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham namoyon bo`ladi – u ushbu mintaqada boks rivoji uchun faol ko`mak ko`rsatmoqda. Xalqaro Boks Federasiyasining (AIBA) vitse-prezidenti hisoblanib, u ushbu sport turini rivojlanishini hormay tashviqot qilmoqda, yosh iste`dodlarni izlashda va ularni yuzaga olib chiqish uchun ko`mak ko`rsatmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari bokschilarining Olimpiada va Osiyo o`yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroklarini bunga misol sifatida keltirish mumkin.
     G’.A. Rahimov o`sib kelayotgan yosh avlodni sport tayyorgarligiga qaratilgan dasturlarga katta e’tibor qaratmoqda, zero aynan bolalarda yoshlikdan sport bilan to`laqonli shug`ullanishga imkoniyat bo`lgandagina kelajak chempionlari bo`lishga qodirdirlar. G’.A. Rahimov tashabbusi bilan 2004 yilning avgust oyida “Mehrjon-Sport” Råspublika Õayriya  Fondi tashkil etilgan edi. Fondning muassislari - jahonga mashhur sportchilar, jahon, Olimpiya o`yinlari chåmpionlaridir. Fondning asosiy maqsadi - sport sohasidagi qobiliyatli bolalarni, birinchi navbatda bolalar uylarida, intårnatlarda tarbiyalanuvchi va kam ta’minlangan oilalardagi bolalarni qo`llab-quvvatlash. Fond ularga doimiy ravishda sport bilan shug`ullanish uchun boshqa bolalardan kam bo`lmagan darajada shart-sharoit yaratishdan tashqari, ularni õalqaro musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlarini yaratmoqda. Fond bolalar va o`smirlar orasida sport bilan faol shug`ullanish g`oyasini ommalashtirishga, ushu ijtimoiy muhitga turli ommaviy tijorat tuzilmalari va tashkilotlar, ko`zga ko`ringan va mashhur siyosatchilar, sportchilar, madaniyat õodimlari va ishbilarmonlarni tashkiliy choralarini va moliyaviy mablag`larini jalb etishga harakat qilmoqda.
     Fond tomonidan quyidagi to`rtta maqsadli dasturlar tuzib chiqilib, amalga oshirilmoqda: «OLIMPIYA UMIDI», «MILLAT SALOMATLIGI», «BARKAMOL SHAÕS», «ÕALQARO HAMKORLIK». Shulardan so`nggisi doirasida 2005 yilning 23-30 iyun kunlari Satka shahrida (Chelyabinsk viloyati) Õalqaro bolalar-o`smirlar Spartakiadasi bo`lib o`tdi. Unda Toshkånt shahri va Chålyabinsk viloyatining kam ta’minlangan oilalardagi bolalar va bolalar uylari tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. Spartakiada “Mehrjon-Sport” Råspublika Õayriya Jamoat Fondi (O`zbekiston) va «ITF Group Holding» YoAJ (Rossiya) bilan hamkorlikda tadhkillashtirildi.



Bosh Sahifaga   Ushbu saytda joylashgan ma`lumotlar sayt egasining mulki hisoblanadi va uning roziligisiz foydalanilishi mumkin emas.